Kasbiy faoliyatni rivojlantirish markazi malaka oshirish kurslariga taklif etadi
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2022-yil 8 noyabrdagi “Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash
tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-416-sonli qarori,
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 2-maydagi “Arxitektura,
qurilish, muhandislik sohalari rahbar va mutaxassislari hamda ishchi kasb egalarining
malakasini oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
179-sonli hamda 2023-yil 11-sentyabrdagi “Shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi
sohalari mutaxassislarini sertifikatlash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi 460-son
qarorlariga asosan Kasbiy faoliyatni rivojlantirish markazi tegishli vazirliklar
bilan ishlab chiqilgan o‘quv reja va dasturlar asosida quyidagi yo‘nalishlar
bo‘yicha malaka oshirish kurslarni tashkil etilishini ma’lum qiladi:
1. Texnik nazorat
(umumqurilish ishlari muhandisi);
2. Texnik nazorat
(muhandis geodezist);
3. Pudrat tashkilotlarining ichki
nazorati;
4. Yangi qurilish, rekonstruksiya va
kapital ta’mirlashda umumqurilish ishlari;
5. Shaharsozlik hujjatlari
ekspertizasi;
6. Davlat qurilish nazorati;
7. Qurilish obyektlarida nazorat
oʻlchovi;
8. Loyiha bosh muhandisi;
9. Loyiha bosh arxitektori;
10. Qurilish obyektlarida
qurilish-pudrat tashkilotining ichki nazorati;
11. Aholi va hududlarning seysmik
xavfsizlikni ta’minlash;
12. Ko‘p kvartirali uylar boshqaruvi;
13. Bino va inshootlar qurilishida
loyiha tashkilotlarining mualliflik nazoratini tashkil etish va ta’minlash;
14. Qurilishda xavfsizlik texnikasi;
Markaz buyurtma asosida boshqa yo‘nalishlarda ham Arxitektura, qurilish, muhandislik
sohalari rahbar kadrlari va mutaxassislarini malaka oshirish kurslarini tashkil etishi mumkin.
Kurslar sohadagi
yetakchi professor-o‘qituvchilar, mahalliy konstruktorlik-texnologik
muassasalar va respublikadagi yirik loyihalash korxonalari tajribali
amaliyotchi mutaxassislari shuningdek, xorijiy mutaxassislar tomonidan olib
boriladi.
Malaka oshirish kurslari buyurtmachilar talablari
asosida to‘g‘ridan to‘g‘ri, masofaviy, onlayn va aralash (blended learning)
o‘qitish shaklida tashkil
etiladi.
Malaka oshirish
kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga davlat namunasidagi sertifikat
beriladi.
Manzilimiz:
Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Yangi shahar ko‘chasi, 9-uy manzilida joylashgan
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi Kasbiy faoliyatni rivojlantirish
markazi.
Murojaat
uchun: ☎️ +99890 920-62-71, (90)