E'lonlar 23.01.2026 49

TAQU huzuridagi “Kasbiy faoliyatni rivojlantirish markazi” tomonidan 2026-yil uchun taklif etilayotgan malaka oshirish kurslari ro'yxati

I. Arxitektura va loyihalash yo‘nalishi
Arxitektura muhitini shakllantirish, dizayn yechimlarini ishlab chiqish va ularni amaliyotga joriy etish
Bino va inshootlarni konstruktiv loyihalashda seysmik xavfsizlik talablarini ta’minlash
Bino va inshootlarni loyihalashda amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni qo‘llash amaliyoti
Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish tartibi
II. Qurilish jarayonlari, nazorat va sifat yo‘nalishi
Loyiha tashkilotlarida mualliflik nazoratini tashkil etish va yuritish tartibi
Qurilish obyektlarida texnik nazoratni tashkil etish: huquq, majburiyat va javobgarlik
Qurilish-pudrat tashkilotlarida ichki ishlab chiqarish nazoratini tashkil etish
Qurilish-montaj ishlarida sifat nazorati va ijro hujjatlarini rasmiylashtirish
III. Energiya samaradorligi, xavfsizlik va ekologiya yo‘nalishi
Bino va inshootlarning energiya samaradorligini ta’minlash va baholash usullari
Qurilishda mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi talablarini tashkil etish
Yashil qurilish texnologiyalari va ekologik talablarning amaliy tatbiqi
IV. Muhandislik qidiruvlari va laboratoriya yo‘nalishi
Qurilishda muhandislik-geodeziya qidiruv ishlarini tashkil etish va bajarish
Qurilish laboratoriyasi faoliyatini tashkil etish va laboratoriya sinovlarini o‘tkazish
Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini sinovdan o‘tkazish usullari
V. Iqtisodiyot, smeta va boshqaruv yo‘nalishi
Qurilish obyektlarida ishlab chiqarish xarajatlarini boshqarish
Qurilishda narxlarni shakllantirish va smeta hujjatlarini tuzish
Qurilish loyihalarida investitsiyalarni rejalashtirish va iqtisodiy samaradorlikni baholash
Qurilish marketingi va bozor tahlilini amalga oshirish mexanizmlari
VI. Rahbar kadrlar uchun maxsus yo‘nalish
Qurilish sohasida loyiha boshqaruvi va zamonaviy menejment
Qurilish tashkilotlari rahbarlari uchun normativ-huquqiy hujjatlar va boshqaruv mas’uliyati
Yangi qurilish, rekonstruksiya va kapital ta’mirlash ishlarini kompleks boshqarish

Teglar: #kasbiy