E'lonlar 19.08.2026 3264

Kasbingizni yangilang — yangi kasbiy imkoniyatlarni kashf eting!

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi Kasbiy faoliyatni rivojlantirish markazi zamonaviy bilim va kasbiy ko‘nikmalarni egallash istagida bo‘lganlarni kasbiy qayta tayyorlash kurslariga taklif etadi!

📚 QAYTA TAYYORLASH YO‘NALISHLARI:
🔷QURILISH MUHANDISLIGI - ⏱ 8 oy | 1152 soat
🔷 ARXITEKTURA - ⏱ 8 oy | 1152 soat

💻 TA’LIM SHAKLI — ARALASH (MASOFAVIY VA ONLAYN)

🔐 Har bir tinglovchiga o‘quv platformasidan foydalanish uchun shaxsiy login va parol taqdim etiladi.

📲 O‘QUV PLATFORMASIDA:
✅ videodarslar;
✅ fan va o‘quv modullari;
✅ test topshiriqlari;
✅ o‘quv-uslubiy materiallar;
✅ mustaqil ta’lim resurslari mavjud.

👨‍🏫 Malakali professor-o‘qituvchilar tomonidan Zoom orqali jonli onlayn nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib boriladi.

🎓 KURS YAKUNIDA:
📌 Kursni tugatish ishi tayyorlanadi;
📌 Yakuniy diplom himoyasi o‘tkaziladi;
📌 Kursni muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga tegishli yo‘nalish bo‘yicha QAYTA TAYYORLASH DIPLOMI beriladi.

🌐 Diplomlar diplom.edu.uz va malaka.e-edu.uz axborot tizimlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

📜 QABUL UCHUN ZARUR HUJJATLAR:
1️⃣ Ariza
2️⃣ Pasport yoki ID-karta nusxasi
3️⃣ Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom va uning ilovasi
4️⃣ Belgilangan tartibdagi boshqa zarur hujjatlar

📣 QABUL DAVOM ETMOQDA!
📞 MA’LUMOT VA RO‘YXATDAN O‘TISH UCHUN:
☎️ +998 99 360 69 81
☎️ +998 90 937 62 47

🏛 Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi Kasbiy faoliyatni rivojlantirish markazi
✨Bugun yangi bilimlarni egallang — ertaga yangi kasbiy imkoniyatlarga ega bo‘ling!

Teglar: #kasbiy #qurilish #arxitektura