Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi Kasbiy faoliyatni rivojlantirish markazi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi Kasbiy faoliyatni rivojlantirish markazi tomonidan tashkil etilgan "Qurilish muhandisligi" yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy qayta tayyorlash kursining 1-guruh tinglovchilari uchun kursni tugatish ishlari himoyasi bo‘lib o‘tadi.
📅 SANA: 2026-yil 30-oktabr
🕒 VAQT: Soat 10:00
📍 MANZIL: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti 4-bino, 406-xona
Himoya jarayoni belgilangan tartibda Attestatsiya komissiyasi ishtirokida o‘tkaziladi.
Barcha tinglovchilardan kursni tugatish ishlari va tegishli hujjatlari bilan belgilangan vaqtda ishtirok etishlari so‘raladi.
Kasbiy faoliyatni rivojlantirish markazi ma'muriyati