E'lonlar
27.05.2024
23
Kasbiy faoliyatni rivojlantirish markazi malaka oshirish kurslariga taklif etadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8 noyabrdagi “Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-416-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 2-maydagi “Arxitektura, qurilish, muhandislik sohalari rahbar va mutaxassislari hamda ishchi kasb egalarining malakasini oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 179-sonli hamda 2023-yil 11-sentyabrdagi “Shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalari mutaxassislarini sertifikatlash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi 460-son qarorlariga asosan Kasbiy faoliyatni rivojlantirish markazi tegishli vazirliklar bilan ishlab chiqilgan o‘quv reja va dasturlar asosida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha malaka oshirish kurslarni tashkil etilishini ma’lum qiladi:
1. Texnik nazorat (umumqurilish ishlari muhandisi);
2. Texnik nazorat (muhandis geodezist);
3. Pudrat tashkilotlarining ichki nazorati;
4. Yangi qurilish, rekonstruksiya va kapital ta’mirlashda umumqurilish ishlari;
5. Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi;
6. Davlat qurilish nazorati;
7. Qurilish obyektlarida nazorat oʻlchovi;
8. Loyiha bosh muhandisi;
9. Loyiha bosh arxitektori;
10. Qurilish obyektlarida qurilish-pudrat tashkilotining ichki nazorati;
11. Aholi va hududlarning seysmik xavfsizlikni ta’minlash;
12. Ko‘p kvartirali uylar boshqaruvi;
13. Bino va inshootlar qurilishida loyiha tashkilotlarining mualliflik nazoratini tashkil etish va ta’minlash;
14. Qurilishda xavfsizlik texnikasi;
Markaz buyurtma asosida boshqa yo‘nalishlarda ham Arxitektura, qurilish, muhandislik sohalari rahbar kadrlari va mutaxassislarini malaka oshirish kurslarini tashkil etishi mumkin.
Kurslar sohadagi yetakchi professor-o‘qituvchilar, mahalliy konstruktorlik-texnologik muassasalar va respublikadagi yirik loyihalash korxonalari tajribali amaliyotchi mutaxassislari shuningdek, xorijiy mutaxassislar tomonidan olib boriladi.
Malaka oshirish kurslari buyurtmachilar talablari asosida to‘g‘ridan to‘g‘ri, masofaviy, onlayn va aralash (blended learning) o‘qitish shaklida tashkil etiladi.
Malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga davlat namunasidagi sertifikat beriladi.
Manzilimiz: Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Yangi shahar ko‘chasi, 9-uy manzilida joylashgan Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi Kasbiy faoliyatni rivojlantirish markazi.
Murojaat uchun: ☎️ +99890 920-62-71
Telegram: https://t.me/kasbiy_faoliyatni_rivojlantirish
Teglar:
#kasbiy